Nurmat Otabekov: Oxirgi bir kunda 17 mingdan ortiq koronavirus test sinovlari o‘tkazildi
AOKAda 10-iyul kuni o‘tkazilgan brifingda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha axborot berdi.
Jumladan, axborotda mavjud virusologik laboratoriyalarda oxirgi bir kunda 17 785 ta, epidemiologik mavsum davomida 1,377,915 ta test sinovlari o‘tkazilgani qayd etilgan.
Mavzuga doir: O‘zbekistonda karantinni qaytarishga sabab bo‘lgan 6 ta muammo ma’lum qilindi
Shu kungacha O‘zbekistonda jami 11 723 nafar bemorda koronavirus infeksiyasi ro‘yxatga olingan, hozirgi kungacha 7 287 nafar (62 foiz) bemorlar butunlay sog‘aydi, 4 384 nafar bemorlar davolanmoqda.
Davolanayotgan 4 384 nafar bemorlar holati:
Bemorlarning 185 nafarida pnevmoniya aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, 9-iyulda O‘zbekistonda 472 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 275 nafari karantin muassasalarida, 190 nafari aholi orasida, 7 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.
Mavzuga doir:
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
