» » APLda iyun oyining eng yaxshi o‘yinchisi va eng chiroyli goli muallifi aniqlandi

APLda iyun oyining eng yaxshi o‘yinchisi va eng chiroyli goli muallifi aniqlandi


“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Brunu Fernandesh Angliya Premyer Ligasining iyun oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Portugaliyalik futbolchi “Manchester Yunayted”ning iyun oyidagi uchta o‘yinida 3 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi.

25 yoshli futbolchi ketma-ket ikki bor oyning eng yaxshisi nomiga loyiq ko‘rildi. Undan avval mazkur ko‘rsatkichni faqat olti nafar futbolchi qayd etgan: Muhammad Saloh, Jeymi Vardi, Harri Keyn, Krishtianu Ronaldu, Dennis Bergkamp va Robbi Fauler.

Shuningdek, ushbu sovringa quyidagi futbolchilar da’vogarlik qilgandi:

Antoni Marsyal (“Manchester Yunayted”) — 3 o‘yinda 3 gol va 1 golli uzatma;

Konor Koudi (“Vulverhempton”) — 3 ta quruq o‘yin;

Raul Ximenes (“Vulverhempton”) — 3 o‘yinda 2 ta gol;

Allan Sen-Maksimen (“Nyukasl”) — 2 o‘yinda 1 gol;

Denni Ingz (“Sauthempton”) — 3 o‘yinda 3 ta gol va 1 golli uzatma.

Shuningdek, Fernandeshning “Brayton” darvozasiga kiritgan to‘p APL tomonidan iyun oyining eng chiroyli goli deb topildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют