» » Samsung Galaxy Buds Live: Loviya shaklidagi naushniklar surati taqdimotdan oldin tarqalib ketdi

Samsung Galaxy Buds Live: Loviya shaklidagi naushniklar surati taqdimotdan oldin tarqalib ketdi


Internetda Samsung kompaniyasining shovqinni faol so‘ndirish funksiyasiga ega yangi simsiz naushniklarining rasmiy suratlari paydo bo‘ldi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Taniqli insayder Evan Blass Galaxy Buds Live nomli yangi naushniklar dizaynini oshkor etgan. Mitti qurilmalar loviya shaklida ishlangan — naushnik quloqqa to‘liq joylashishi uchun uning korpusi quloq chig‘anog‘i shaklini takrorlaydi.

Bu to‘liq klassik simsiz naushnik bo‘lib, qo‘shimcha akkumulyatorli keysda saqlanadi. Hozircha ushbu naushniklar bir marta quvvatlanish orqali qancha vaqt ishlay olishi noma’lum.

Ice Universe’niki ostidagi yana bir insayder Galaxy Buds Live xuddi AirPods Pro va Huawei FreeBuds 3i kabi shovqinni so‘ndiruvchi faol tizimga ega bo‘lishi haqida yozgan. Tizim yordamida naushniklar mikrofoni tashqi shovqinlari to‘liq bostiradi. Shu bilan birga, ushbu naushniklar ochiq shaklda bo‘lib, ularda quloqqa mahkam yopishadigan silikon “nasadka”lar yo‘q.

Galaxy Buds Live shakliga ko‘ra, uni quloqqa taqib uxlasa ham foydalanuvchi noqulaylik sezmaydi. Shuningdek, naushniklar yordamida sershovqin zallarda mashg‘ulot o‘tish yoki hamkasblar suhbatini tinglamasdan ofisda ishlash mumkin.

Hozircha Galaxy Buds Live narxi haqida ham ma’lumotlar oshkor etilmagan. Taxminlarga ko‘ra, u Galaxy Buds+’dan qimmatroq bo‘ladi. Samsung yangi naushniklarini 5-avgust kuni o‘tkaziladigan tadqimotda, Galaxy Note20 flagmani bilan taqdim etishi rejalashtirilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют