» » Koreyadan O‘zbekistonga ta’tilga kelib, pandemiya sabab qaytib ketolmagan fuqarolarning iyul oyida ish joylariga qaytarilishi kechiktirildi

Koreyadan O‘zbekistonga ta’tilga kelib, pandemiya sabab qaytib ketolmagan fuqarolarning iyul oyida ish joylariga qaytarilishi kechiktirildi


Janubiy Koreyada ishlash vaqtida mehnat ta’tili olib, O‘zbekistonga qaytgan, biroq koronavirus tarqalishi sababli ish joyiga qayta olmayotgan o‘zbekistonliklarning charter reyslar orqali Janubiy Koreyaga olib ketish ishlari kechiktirildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda qator davlat idoralari hamkorligida 10-iyun kunidan boshlab Janubiy Koreyadan ta’til uchun qaytgan fuqarolarni muntazam ravishda mavjud charter reyslar orqali tashkiliy tarzda jo‘natilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Hozirgi kunga qadar ta’tilga kelgan jami 105 nafar fuqaro Janubiy Koreyaga jo‘natilgan va ularning 2 nafarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Qayd etilishicha, O‘zbekistondan borganlar orasida koronavirus aniqlangani hamda O‘zbekiston hududidagi epidemiologik vaziyat keskinlashganligi sababli Janubiy Koreyaga ishchi vizasi (E-9 vizasi) orqali kirib boruvchi fuqarolardan talab etilishi lozim bo‘lgan tegishli hujjatlarga o‘zgartirish kiritilgan. Shu sababli, 2020-yilning iyul oyidagi charter reyslar orqali ta’tilga kelganlarni jo‘natish vaqtinchalik kechiktirildi.

Agentlik Janubiy Koreya tomonidan ishchi vizasiga ega fuqarolarning mamlakatga kirishi uchun taqdim etilishi talab qilinadigan hujjatlar to‘g‘risida qo‘shimcha ravishda ma’lum qiladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun +998712023355 raqamiga murojaat qilish mumkin.

Avvalroq Janubiy Koreyada ishlash vaqtida mehnat ta’tiliga chiqib, O‘zbekistonga qaytgan va koronavirus sababli ish joyiga qayta olmayotgan o‘zbekistonliklarning ikki guruhi ish jotiga qaytarilgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreyaning Kvanyang shahrida 34 yoshli O‘zbekiston fuqarosi koronavirusga chalingani aniqlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют