» » Key-Liga. Ikrom Aliboyevning “Seul”i Doston Tursunov jamoasiga mag‘lub bo‘ldi

Key-Liga. Ikrom Aliboyevning “Seul”i Doston Tursunov jamoasiga mag‘lub bo‘ldi


Futbol bo‘yicha Janubiy Koreya chempionatining 11-turida “Pusan Ay Park” va “Seul” jamoalari 10-iyul, juma kuni o‘zaro bahs yuritdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. 62-daqiqada Kvon Hyok Kyu pusanliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan uch daqiqa o‘tib, Li Don Jun mezbonlarning ikkinchi golini urdi.

Mazkur bahsda “Pusan”ning o‘zbekistonlik himoyachisi Doston Tursunov zaxirada qoldi. Ikrom Aliboyev esa 64-daqiqada maydonga tushdi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Pusan Ay Park” ochkolarini 14 taga yetkazib olgan holda 6-o‘ringa ko‘tarildi. Poytaxtliklar esa (10) 9-pog‘onada qolmoqda.

Key-Liga

11-tur bahsi

10-iyul, juma

Gollar: 1:0 – 62 Kvon Hyok Kyu, 2:0 – 65 Li Don Jun.

“Pusan Ay Park”: Kim Ho Jun, Kan Min Su, Pak Jun Gan, Kim Mun Hvan, Kim Don U, Li Don Jun, Kvon Hyok Kyu, Romulo, Li Gyu Son, Kim Shin Jun, Li Jon Hyop.

“Seul”: Yu San Hun, Barba, Yun Yon Son, Kim Ju Son, Kim Nam Chun, Ko Kvan Min, Kim Jin Ya, Han Shin Gyu, Han Chan Hi (Aliboyev, 64), Jo Yon Uk, Pak Chu Yon.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют