» » Davlat xizmatlari agentligi DXMlarda stikerlar yangidan berilmasligini ma’lum qildi

Davlat xizmatlari agentligi DXMlarda stikerlar yangidan berilmasligini ma’lum qildi


Davlat xizmatlari agentligi Respublika Maxsus komissiyasi tomonidan transport harakatlanishi vaqtincha cheklanib, karantin joriy etilishi haqidagi xabar tarqalganidan keyin agentlik ijtimoiy sahifalari va telegram-botiga mashinalarga stiker berish bilan bog‘liq savollar kelib tushayotgani va aholi o‘rtasida turli anglashilmovchiliklarga yuzaga kelayotganini qayd etgan.

Agentlik axborot xizmatining bayonotiga ko‘ra maxsus komissiya bayoni bilan 2020-yilning 9-aprelidan boshlab Davlat xizmatlari markazlari orqali harakatlanish uchun ruxsatnomalar berilishi to‘xtatilgan.

DXAga Davlat xizmatlari markazlari orqali stiker berish haqida hech qanday topshiriq belgilanmagan.

Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 9-iyuldagi axborotiga ko‘ra,

Avtotransport vositalari harakatlanishi uchun Adliya vazirligi Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ilgari berilgan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar karantin cheklovlari amal qilish davrida qo‘llaniladi.

Biroq, boshqa stikeri mavjud bo‘lmagan mashinalarning ham,

faqatgina kunning muayyan vaqtida (07.00 dan – 10.00 gacha, 17.00 dan – 20.00 gacha) tegishli hudud doirasida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida) fuqarolarning ish joyiga borib-kelishi, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi galdagi mahsulotlarni xarid qilish uchun harakatlanishiga ruxsat beriladi.

hududlar o‘rtasida avtotransport vositalari qatnovi taqiqlandi (qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi tashkilotlarga tegishli xizmat va shaxsiy avtotransport vositalarining harakati bundan mustasno).

Mototransport (skuter) hamda velosipedda harakatlanishiga faqatgina tibbiy niqobdan foydalangan holda hayotiy zarur ehtiyojlari – dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi galdagi mahsulotlarni xarid qilish, shifokor ko‘rigiga murojaat etish, shuningdek, ish joyiga borish va kelish uchun ruxsat etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют