» » O‘zbekistonda koronavirusning alomatsiz shakli bilan uyda davolanish shartlari ma’lum qilindi

O‘zbekistonda koronavirusning alomatsiz shakli bilan uyda davolanish shartlari ma’lum qilindi


Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov koronavirusni uy sharoitida davolash shartlari, ichilishi mumkin bo‘lgan dori turlarini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, simptomsiz, ya’ni kasallik alomatlarsiz kechayotgan, uyda davolanish uchun yetarli sharoit bor, deb hisoblangan bemorlar faqat qonni suyultiruvchi va immunitetni ko‘taruvchi dori vositalarini profilaktik ravishda qabul qilishi mumkin.

Mavzuga doir: “Koyka-o‘rinlar va dori-darmon zaxiralarimiz yetarli” — Habibulla Oqilov

Ular oilaviy poliklinikaning umumiy amaliyot shifokori tomonidan nazorat qilinadi. Tana harorati va boshqa shikoyatlarni bilish uchun har kuni belgilangan xodim telefon orqali bemor bilan bog‘lanib uning ahvolidan xabardor bo‘lishi kerak. Alomatsiz shakl bilan kasallangan bemorlar tuman va shaharlarda tashkil etilgan “mobil guruh” tomonidan saralanadi.

Uyda kuzatuvda bo‘lgan bemorlar oila a’zolaridan yakkalanishi, jismoniy faollik, gigiyena talablarini barchasini vaqtida bajarishi, xonani tez-tez shamollatib turishi lozim ekanligi ta’kidlandi. Idish-tovoqlar bir marta ishlatiladigan yoki o‘zi uchun individual ajratiladi. Agar kuzatuv davrida: yo‘talish, tomoq qirilishi, ta’m yoki hid sezish buzilishi, tana harorati ko‘tarilsa, zudlik bilan oila shifokori yoki 103 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, shifoxonaga o‘tkaziladi.

“Yashash sharoiti sanitariya-epidemiologik talablarga javob bermagan yoki yakkalash imkoniyati bo‘lmagan, 60 yoki undan yuqori yoshdagi, ortiqcha vazn, surunkali kasalliklar: gipertoniya, qandli diabet, yurak va qon-tomir kasalliklariga ega shaxslar bundan mustasno. Agar 10 kun davomida infeksiyaning klinik belgilari namoyon bo‘lmasa, bemorlar ro‘yxatdan chiqariladi”, — deydi Oqilov.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu qoidalar Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 29-iyundagi 31-son bayoni ijrosi yuzasidan shu yil 2-iyul kuni Sog‘liqni saqlash vazirligining “Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash va kasallik tarqalishini oldini olish borasida o‘tkazilayotgan epidemiyaga qarshi kurash tadbirlarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi huquqiy hujjatiga asosan amal qilishini bildirgan.

Hududiy mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda uy sharoitida kuzatuvga olingan bemorlarni karantin qoidalariga rioya etilishi yuzasidan tegishli ishlarni olib borish va qat’iy nazorat o‘rnatiladi.

“COVID-19” alomatsiz shakli bilan kasallangan bemorlarni uyda davolash va epidemiologik surishtiruv o‘tkazish tartibi har bir birlamchi tibbiy sanitariya bo‘g‘ini muassasalari, tez tibbiy yordam xizmati, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari xodimlariga yetkazilib, mohiyatini tushuntirish maqsadida onlayn o‘quv seminarlar tashkil etilgan.

Avvalroq O‘zbekistonda koronavirusning alomatsiz shaklini uyda davolash bo‘yicha savollarga javob beradigan Call-markaz ishga tushgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют