» » Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan poytaxtlik 69 yoshli erkak vafot etdi. Bu O‘zbekistondagi 54-o‘lim holati

Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan poytaxtlik 69 yoshli erkak vafot etdi. Bu O‘zbekistondagi 54-o‘lim holati


Toshkent viloyatida koronavirus bilan kasallangan 69 yoshli bemor vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilgan.

Xabarda qayd etilishicha, Toshkent shahri Bektemir tumanida yashovchi 69 yoshli V.M. ismli erkak 2020-yil 8-iyul kuni Toshkent viloyati shifoxonasidan o‘ta og‘ir ahvolda Zangiota tumanidagi ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga o‘tkazilgan.

Unga COVID-19 og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir nafas va o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi, miokard infarkti asoratlari bilan kechgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiya qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, miokard infarkti, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Birinchi marta Toshkent viloyatidagi shifoxonalarda koronavirusga chalingan bemorning vafot etgani haqida ma’lumot berildi. 69 yoshli erkak koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgan O‘zbekistondagi 54-bemor bo‘ldi.

Bungacha O‘zbekistonda 53 kishi koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2020, 00:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют