» » O‘zbekistonda karantin choralari kuchaytirilishi oziq-ovqat taqchilligiga ta’sir etmasligi bildirildi

O‘zbekistonda karantin choralari kuchaytirilishi oziq-ovqat taqchilligiga ta’sir etmasligi bildirildi


10-iyuldan e’tiboran O‘zbekistonda epidemiologik vaziyat yomonlashishi munosabati bilan karantin talablari kuchaytirildi. Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov ayni holat oziq-ovqat taqchilligini yuzaga keltirmasligini bildirgan.

Mavzuga doir: Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari: Yetishtirish rejalashtirgan kartoshka miqdori yil davomida ichki iste’molni to‘liq qoplashga yetadi

“Karantin choralari kuchaytirilishining oziq-ovqat taqchilligiga aloqasi bo‘lishi kerak emas. O‘zbekistonda oziq-ovqat ishlab chiqarish sanoatida 12 mingdan ortiq muassasa faoliyat yuritadi. Bugungi kunda ularning barchasi kundalik me’yorda ishlab turishibdi”, deydi mutaxassis.

Mavzuga doir: Rasman: O‘zbekistonda 10-iyuldan to‘ylar taqiqlanadi, avtotransport harakati cheklanadi

Shu bilan birga, respublikada 98 foiz oziq-ovqat mahsulotlarining ishlab chiqarilishi mahalliylashtirilgani, xom-ashyoning deyarli 100 foizi mahalliy sharoitda yetishtirilishi, chet ellardan asosan sitrus mahsulotlar, kakao va qahva donlari import qilinishi aytildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyida O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi ilk marta aniqlanganidan so‘ng joriy etilgan karantin cheklovlari davrida ham Qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi esa oziq-ovqat mahsulotlari taqchilligi bo‘lmasligini ma’lum qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2020, 06:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют