» » Lola Karimova-Tillayeva Fransiyada murakkab operatsiyani boshdan o‘tkazgan o‘zbekistonlik ikki bolakay haqida ma’lum qildi

Lola Karimova-Tillayeva Fransiyada murakkab operatsiyani boshdan o‘tkazgan o‘zbekistonlik ikki bolakay haqida ma’lum qildi


Fransiyaning Nant shahridadagi klinikalardan birida “Sen yolg‘iz emassan” Fondi bilan o‘rnatilgan hamkorlik asosida qoraqalpog‘istonlik 8 oylik Umidjon Berdaxov va xorazmlik 9 yoshli Alibek Abdullayev o‘tgan oyning so‘ngida murakkab yurak operatsiyasini o‘tkazdi. Hozirgi vaqtda ular operatsiyadan keyingi muolaja jarayonini o‘tmoqda. Bu haqda Lola Karimova-Tillayeva o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Mazkur aksiya “Sen yolg‘iz emassan” Fondining “Umid rishtalari” fransuz uyushmasi bilan birgalikdagi tug‘ma yurak nuqsoni bilan xastalangan bolalarga tibbiy yordam berish maqsadida yettinchi marotaba amalga oshirilayotgan aksiyasi hisoblanadi.

Fursatdan foydalanib, Nant Pediatriya klinikasiga, shaxsan professor Olivye Baron hamda uning hamkasblari anesteziolog Arian de Vindt, reanimatolog Jan Mishel Liyet, kardiolog Nadir Benbrik, perfuziolog Lui Merin va reanimatsion hamshira Lorens Domitellarga o‘z minnatdorchiligimni izhor etaman.

Lola Karimova-Tillayeva

“Sen yolg‘iz emassan” Fondining “Umid rishtalari” fransuz uyushmasi bilan hamkorligi doirasida ota-ona qaramog‘isiz qolgan va kam ta’minlangan oilalarning jami 37 nafar bolasiga jarrohlik amaliyoti amalga oshirilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-04-2017, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют