» » Habibulla Oqilov: Pochta jo‘natmalari orqali koronavirus yuqtirish xavfi yo‘q

Habibulla Oqilov: Pochta jo‘natmalari orqali koronavirus yuqtirish xavfi yo‘q


Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov koronavirus infeksiyasi qayd etilgan mamlakatlardan jo‘natmalar olib turish xavfsiz ekanligini ma’lum qildi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda xalqaro aviapochta jo‘natmalarini yuborish qisman tiklandi

Mutaxassis Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti savdo-sotiq va tovarlarning boshqa mamlakatlardan keltirilishi borasida hech qanday cheklov tavsiya etmagani sababli jo‘natmalar orqali virus yuqtirish xavfi yo‘qligini bildirgan. Pochta jo‘natmalari doimiy tartibda ishlamoqda.

Mavzuga doir: O‘zbekiston Markaziy banki koronavirusdan saqlanish uchun naqd pullardan kamroq foydalanishni tavsiya etdi

Virus yuza qismlarda 3 kundan bir necha kungacha saqlanishi, muddatlar yuza turi, harorati va atrof-muhit namligi kabi bir qancha shartlarga borib taqalishi ta’kidlandi. Shu sababli ham yuzalar, eshik tutqichlari, texnika va ayniqsa, mobil telefonlarni dezinfeksiya qilish muhim sanalishi, virusni tarkibida xlor yoki spirt mavjud bo‘lgan dezinfeksiya vositalari bilan ketkazish mumkinligi yana bir bor yodga solib o‘tildi.

Eslatib o‘tamiz, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga ko‘ra, to‘lovlarni amalga oshirishda naqd pullardan foydalanish virus tarqalishiga olib keluvchi kanallardan biri bo‘lishi mumkinligi, virus qog‘oz shaklidagi tashuvchilarda 3-4 kun yashashi ma’lum qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют