» » Toshkentda 50 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi. O‘zbekistonda o‘lim holatlari soni 55 tani tashkil qilmoqda

Toshkentda 50 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi. O‘zbekistonda o‘lim holatlari soni 55 tani tashkil qilmoqda


Toshkentda 50 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Xabarda qayd etilishicha, Toshkent shahri Mirobod tumanida yashovchi 50 yoshli R.Yu. 3-iyuldan 9-iyulgacha uy sharoitida davolanib yurgan. Nafas yetishmovchiligi belgilari kuchaygach, 1-sonli shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan.

Unga COVID-19 infeksiyasi og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligi bilan kechgan. Shuningdek, yurak ishemik kasalligi, ilk aniqlangan qandli diabet hamroh kasalliklari bilan ham og‘rigan. 9-iyul kuni bemorning ahvoli og‘irlashib, nafas yetishmovchiligi belgilari kuchayganligi sababli sun’iy nafas oldirish apparatiga ulangan.

Bemor bir yildan buyon onkologik kasallik bilan og‘rib kelgan. Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Bungacha O‘zbekistonda 54 kishi koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют