» » Xitoyda bir sutkada 2 kishida koronavirus aniqlandi, Janubiy Koreyada kasallanganlar soni 35 nafarga oshdi

Xitoyda bir sutkada 2 kishida koronavirus aniqlandi, Janubiy Koreyada kasallanganlar soni 35 nafarga oshdi


Xitoyda so‘nggi sutkada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 2 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 4 ta holat aniqlandi, bemorlarning 14 nafari sog‘aydi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib.

Qayd etilishicha, aniqlangan yangi kasallanish holatlarining barchasi chetdan yuqtirilgan.

Mamlakatda umumiy hisobda 83 587 kishi koronavirusga chalingan, ularning 78 623 nafari sog‘aygan, 4634 nafar bemor COVID-19 qurboniga aylangan. Kasalxonada 330 kishi davolanishda qolmoqda.

Shuningdek, Xitoyda kasallik belgisiz o‘tayotgan 4 ta holat aniqlangan. Shunday kishilarning yana 111 nafari kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Janubiy Koreyada esa sutka davomida 35 kishi koronavirusga chalingani qayd etilib, kasallanganlarning umumiy soni 13 373 nafarga yetdi. Mamlakatda 4 kundan buyon kunlik kasallanishlar soni kamayib bormoqda.

Kasalliklar profilaktikasi va nazorati markazi (KCDC) ma’lumotlariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 22 tasida virus mamlakatning o‘zida, qolgan 23 tasida chetdan yuqtirilgan.

Sutka davomida 79 kishi sog‘ayib, tuzalganlarning umumiy soni 12 144 nafarni tashkil qilmoqda. Kasallik qurbonlari soni 288 nafarga yetdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют