» » Kiki Setyen “Barselona”ning “Valyadolid”ga qarshi o‘yin qaydnomasini e’lon qildi

Kiki Setyen “Barselona”ning “Valyadolid”ga qarshi o‘yin qaydnomasini e’lon qildi


Kataloniyaning “Barselona” klubi Ispaniya La Liga 36-turi doirasida 11-iyul, shanba kuni soat 22:30 da safarda “Valyadolid”ga qarshi saf tortadi.

“Ko‘k-anorranglilar” ustozi Kike Setyen ushbu bahsda maydonga tushishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. O‘tgan turda qizil kartochka olgan 17 yoshli hujumchi Ansu Fati uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. Shuningdek, himoyachi Samyuel Umtiti, yarim himoyachi Frenki de Yong va hujumchi Usmon Dembele ham qaydnomadan joy olmagan.

O‘yin qaydnomasiga kiritilgan 18 nafar futbolchi bilan tanishing:

Darvozabonlar: Mark-Andre ter Shtegen, Neto;

Himoyachilar: Xerard Pike, Nelson Semedu, Kleman Langle, Xordi Alba, Ronald Arauxo, Arnau, Xunior Firpo;

Yarim himoyachilar: Ivan Rakitich, Sexio Buskets, Rikard Puch, Arturo Vidal, Serxi Roberto;

Hujumchilar: Lionel Messi, Martin Breytueyt, Antuan Grizmann, Luis Suares.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют