» » Karim Benzema La Liga tarixiga kirdi

Karim Benzema La Liga tarixiga kirdi


Madridning “Real” klubi hujumchisi Karim Benzema Ispaniya chempionatining 35-turi doirasida o‘tkazilgan “Alaves”ga qarshi uchrashuvda (2:0) bitta gol urib, yana bitta golga assistentlik qildi.

Shu tariqa Benzema 12 oyning barchasida gol va golli uzatmaga mualliflik qilgan La Liga tarixidagi birinchi o‘yinchiga aylandi.

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi 12 oyning 11 tasida gol urgan, argentinalik futbolchi hali iyul oyida gol urishga ulgurmadi.

Qayd etish joiz, La Liga uchrashuvlari koronavirus pandemiyasi tufayli uzoq vaqtdan keyin ilk marotaba yoz oylarida o‘tkazilmoqda.

Karim Benzema ushbu mavsumda Ispaniya chempionatida 34 ta o‘yin o‘tkazib, 18 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Mavzuga doir: Karim Benzema Messi va Suares qayd etgan natijani takrorladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют