» » Xiaomi yangi noodatiy smartfon yaratish ustida ish boshladi

Xiaomi yangi noodatiy smartfon yaratish ustida ish boshladi


Xiaomi noodatiy dizaynga ega yangi smartfon yaratish ustida ish boshladi — qurilma ekrani o‘z korpusi atrofida deyarli to‘liq “aylanadi”. Bu boradagi tegishli patent Xitoy Intellektual mulk milliy boshqarmasi (CNIPA) saytida paydo bo‘lgan.

Hujjatlarda oq-qora chizmalardan tashqari, rangli renderlar ham keltirilgan bo‘lib, unda yaratilajak gadjetning dizayni bilan tanishish mumkin. Qurilmaning old paneli to‘liq, orqa tomonining 2/3 qismi esa ekran bilan qoplangan, qolgan joylar kameralar moduli uchun ajratilgan. Shu bilan birga, kamera atrofidagi korpus shaffof materialdan tayyorlangan, boshqa bir versiyasida esa qora materialdan.

Smartfonning pastki qismiga dinamik va USB Type-C “razyomi” o‘rnatilgan. Taxminlarga ko‘ra, smartfon flagman sinfiga kirishi yoki Mi Mix Alpha kabi konsept-devays darajasida qolib ketishi mumkin.

Qurilmaning kamerasi alohida e’tiborga molik. Linza atrofiga qalin konsentrik halqa o‘rnatilgan. Chizmalardan biriga ko‘ra, u korpusdan chiqib turadi, bu esa kamera korpusga alohida o‘rnatilishini yoki optik yaqinlashtirish funksiyasi mavjudligini bildiradi.

Smartfon rasman taqdim etilish jarayonigacha yetib kelish-kelmasligi noma’lum.

Avvalroq Xiaomi aylanuvchi kameraga ega smartfon ustida ish boshlagani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 91) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют