» » Zinedin Zidan: “Umuman gol o‘tkazib yubormaslikning iloji yo‘q”

Zinedin Zidan: “Umuman gol o‘tkazib yubormaslikning iloji yo‘q”


“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya La Ligasining 35-turidan o‘rin olgan “Alaves”ga qarshi bahsdan (2:0) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Umuman gol o‘tkazib yubormaslikning iloji yo‘q, ammo hozir biz haqiqatan ham kam o‘tkazyapmiz. Shu tarzda davom etishimiz kerak. Kurtua sport formasini tiklab oldi.

Jamoa yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Hujumda ham yaxshi harakat qildik. Birinchi bo‘lim oxirida Benzema zarba qabul qilib oldi, boshi biroz aylandi, biroq uning ahvoli yaxshi.

3 o‘yinda 3 ta penaltiga kelsak, agar hakam penalti belgilasa, demak bu — penalti. Bu Mendi tomonidan bajarilgan mohirona harakati edi. Eng muhimi — gol urish, uni qanday urish esa katta ahamiyat kasb etmaydi.

Biz La Ligada g‘alaba uchun kurashmoqdamiz, mavsum oxiriga qadar 3 ta o‘yin qoldi va biz yakunda nima bo‘lishini bilmaymiz. Endi biroz dam olishimiz kerak, garchi g‘alabaning o‘zi eng yaxshi dam olish bo‘lsa ham”, — deydi Zidan.

Madridliklar 35-turdan keyin 80 ochko bilan turnir jadvalini boshqarib turibdi. “Barselona” esa 76 ochkosi bilan 2-pog‘onada joylashgan.

Mavzuga doir: Zinedin Zidan “Real”da nima yaxshiroq ishlashga majbur qilishini aytdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют