» » O‘zbekistonda karantin sharoitida daromad manbasini yo‘qotgan, ishsiz va ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat yetkazib beriladi

O‘zbekistonda karantin sharoitida daromad manbasini yo‘qotgan, ishsiz va ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat yetkazib beriladi


O‘zbekistonda karantin cheklovlari joriy etilishi munosabati bilan moddiy daromad manbasini yo‘qotgan, ishsiz va ehtiyojmand aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar belgilanmoqda.

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, hozirgi kunda 20 kunlik karantin davrida moddiy jihatdan og‘ir ahvolga tushib qolayotgan eng muhtoj 120 mingga yaqin oilalarni davlat tomonidan oziq-ovqat, dori-darmon vositalari va birinchi ehtiyoj mahsulotlarini yetkazib berish orqali qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilmoqda.

Mazkur oilalar ro‘yxatini ishlab chiqishda quyidagi oilalarga birinchi navbatda e’tibor qaratiladi:

Moddiy ko‘mak yuklarini manzilli taqsimlash hamda yetkazib berish maqsadida mahalliy hokimlarning ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari boshchiligida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda Yoshlar agentligining vakillaridan iborat ishchi guruhlar tuzildi, shuningdek, homiylik, xayriyalarni muvofiqlashtirish va volontyorlik markazlarining faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Homiylik, xayriyalarni muvofiqlashtirish va volontyorlik markazlariga murojaatlarni qabul qilishni tashkil etish maqsadida qisqa raqamli telefon tarmog‘i (Call-center) ishga tushiriladi.

Shuningdek, volontyorlarga yordam ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Mavzuga doir: “Biz Maxsus komissiyadan 28 kun so‘ragandik, 20 kunga chidab bersak ham katta gap deyishdi” — Habibulla Oqilov

Endilikda moddiy ko‘mak yuklarini o‘z manziliga yetkazib berishda asosiy yordamchi bo‘lgan volontyorlar mahalliy hokimliklar tomonidan zarur himoya vositalari — tibbiy kombinezon, tibbiy niqob, qo‘lqop, dezinfeksiya vositalari, shuningdek, uzluksiz harakatlanish uchun avtotransport vositalari (Damas, Labo, “Gazel” va boshqalar) bilan ta’minlanadi.

Yuqorida ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan, moddiy jihatdan og‘ir ahvolga tushib qolayotgan eng muhtoj oilalarga oziq-ovqat, dori-darmon vositalari va birinchi ehtiyoj mahsulotlarini sotib olish hamda homiylik, xayriyalarni muvofiqlashtirish va volontyorlik markazlari orqali yetkazib berish uchun davlat tomonidan 20 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi.

Kelgusida davlat tomonidan karantin davrida aholining muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida zaruratga qarab yana qo‘shimcha mablag‘lar ham ajratiladi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda dam olish kunlari avtotransportlar harakati to‘liq to‘xtatiladi. Fuqarolar o‘z-o‘zini yakkalash hayot tarziga o‘tadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют