» » Kamaru Usmon — Xorxe Masvidal jangi g‘olibi kim bilan uchrashishi ma’lum bo‘ldi

Kamaru Usmon — Xorxe Masvidal jangi g‘olibi kim bilan uchrashishi ma’lum bo‘ldi


Abu-Dabida UFC 251 musobaqasi doirasida o‘tkaziladigan Kamaru Usmon — Xorxe Masvidal jangi g‘olibi Gilbert Byornsga bilan kuch sinashadi. Bu haqda tashkilot prezidenti Deyna Uayt ma’lum qildi.

“Kamaru Usmon — Xorxe Masvidal jangi g‘olibiga qarshi Gilbert Byorns oktagonga ko‘tariladi. Gilbert reytingda birinchi o‘rinda turadi, demak, u jang o‘tkazish uchun birinchi da’vogar. Bu yigit haqiqatan ham g‘alabalarga tashna. U jang qilishni va chempion bo‘lishni xohlaydi. U yaxshi holatda”, — deydi Uayt.

Xorxe Masvidal va Kamaru Usmon o‘rtasidagi jang Toshkent vaqti bilan 12-iyun, yakshanba kuni tongda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, aslida Usmonga qarshi aynan Byorns jang qilishi belgilangan, biroq unda koronavirus aniqlangani sababli UFC 251 oqshomida qatnashmaydigan bo‘lgandi.

Kamaru Usmonning afsonaviy Tayron Vudliga qarshi kechgan jangini tomosha qiling!

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 65) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют