» » Toshkentda bir kunda ikkinchi ayol koronavirusdan vafot etdi. O‘zbekistonda COVID-19 qurbonlari soni 56 kishini tashkil qilmoqda

Toshkentda bir kunda ikkinchi ayol koronavirusdan vafot etdi. O‘zbekistonda COVID-19 qurbonlari soni 56 kishini tashkil qilmoqda


Toshkentda 66 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrida yashovchi 66 yoshli M.R. 1-iyuldan shahar 1-sonli klinik shifoxonasida davolangan. Unga COVID-19 og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligi bilan kechgan.

Shuningdek, qandli diabet, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya kabi hamroh kasalliklari bilan og‘rigan. Bemor bundan avval, oxirgi 12 yildan buyon qandli diabet kasalligi bilan davolanib kelgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Bungacha O‘zbekistonda 55 kishi koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 42) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют