» » Futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston Oliy Ligasi koronavirus sabab qoldirildi

Futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston Oliy Ligasi koronavirus sabab qoldirildi


Futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston Oliy Ligasi o‘yinlari koronavirus pandemiyasi sabab noma’lum muddatga qoldirildi. Bu haqda Professional futbol Ligasi (PFL) rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, Oliy Liga klublari PFLga murojaat bilan chiqqan va karantin cheklovlari sabab yuzaga kelgan muammolar tufayli liga o‘yinlarini qoldirishni so‘ragan.

PFL klublarning fikrini inobatga olgan va mamlakat miqyosida cheklovlar yumshatilgunga qadar musobaqani to‘xtatib turishga qaror qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan 10-iyuldan 1-avgustga qadar karantin cheklovlari joriy qilindi. Avvalroq mazkur cheklovlar sabab futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionati va futbol bo‘yicha Birinchi Liga o‘yinlari noma’lum muddatga qoldirilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют