» » Kun topilmasi: TikTok foydalanuvchilari “Qizaloq va maymoq” multseriali qahramoni ko‘rinishida (video)

Kun topilmasi: TikTok foydalanuvchilari “Qizaloq va maymoq” multseriali qahramoni ko‘rinishida (video)


“Qizaloq va maymoq” multseriali nafaqat Rossiyada, balki butun dunyoda mashhurlikka erishgan. Ikki yil oldin xorij ijtimoiy tarmoqlarida mazkur multfilm loyihasiga bag‘ishlangan fleshmob ham paydo bo‘lgan. Uning ishtirokchilari qahramon qiz — Mashaning xatti-harakatlarini qaytarishga urinib, animatsion personajning mimikasiga taqlid qilish boshlangan. “KinoPoisk” shu turdagi qizqarli roliklarni to‘plab taqdim etdi.

“Qizaloq va maymoq” multseriali 2009-yilda ekran yuzini ko‘rgan. Multfilm bosh qahramoni — bir joyda o‘tirmaydigan va butun dunyo uning uchun yaratilgan deb hisoblovchi sho‘x qizaloq. U boshqalar tinchlik xohlasa-da, o‘zini zeriktirmaslik uchun turli ko‘ngilxushliklarni o‘ylab topadi.

Loyiha 36 tilga tarjima qilingan. Multserialning barcha epizodlari YouTube’da jami 42 milliard marotabadan ortiq ko‘rilgan. 2017-yilda “Masha plyus kasha” qismi YouTube’da 2 milliard marotabadan ortiq, 2019-yilning avgustida esa 4 milliard marotaban ortiq tomosha qilinib, rekord o‘rnatgan edi.

Mavzuga doir: “Qizaloq va maymoq” multfilmi qahramonlari karantinda uyda nima bilan shug‘ullanish mumkinligi haqida so‘zlab berdi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют