» » Qashqadaryoda soxta Milliy gvardiya xodimi qo‘lga olindi

Qashqadaryoda soxta Milliy gvardiya xodimi qo‘lga olindi


Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida soxta Milliy gvardiya xodimi qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga xabar bergan viloyat IIB axborot xizmatining ta’kidlashicha, soxta xodim Kasbi tumanida tug‘ilgan 22 yoshli fuqaroligi ma’lum bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, soxta xodim 2020-yil 9-iyul kuni soat 23:00 da viloyat IIB PPX va JTSB patrul-post xizmati batalyoni 2-otryad xodimlari — serjant Bunyod Yo‘ldoshev hamda Asqar Karimov tomonidan qo‘lga olingan.

Tungi soat 23:00 da Qarshi shahridagi “Yerqo‘rg‘on” bozori atrofida fuqaro boshqaruvidagi Nexia’dan chiqayotgan serena ovozi xodimlarda shubha uyg‘otgan. IIB xodimlari e’tiborini tortgan mashinada Milliy gvardiya xodimi ham mavjud bo‘lib, u tungi reyd tadbirini olib borayotgan bo‘lgan. IIB xodimlari avtomashinani kuzatib borib, to‘xtagan joyida haydovchidan hujjatlarini so‘ragan. Milliy gvardiya xizmatchisining harakati bilan qiziqqan.

“Ichki ishlar xodimlari va avtomashina haydovchisi, shuningdek, Milliy gvardiya formasidagi fuqaro bilan bo‘lib o‘tgan savol-javoblarda haydovchi va uning yonidagi Milliy gvardiya xizmatchisi formasidagi suhbatdosh IIB xodimlari talabiga bo‘ysunmagan.

Tungi navbatchilik xodimlari haydovchi va uning sherigi shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida ularni Qarshi shahar 4-sonli IIBga olib borgan. Natijada haydovchi Koson tumanida tug‘ilgan 23 yoshli F.D., Milliy gvardiya xizmatchisi formasidagi shaxs esa Kasbi tumanida tug‘ilgan 22 yoshli M.I. ekanligi, davlat xizmatchisi emasligi aniqlangan.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 157) ( 0) ( 155) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют