» » Xorazmda koronavirusdan ilk o‘lim holati qayd etildi. O‘zbekistonda kasallikdan vafot etganlar 57 nafarga yetdi

Xorazmda koronavirusdan ilk o‘lim holati qayd etildi. O‘zbekistonda kasallikdan vafot etganlar 57 nafarga yetdi


Xorazmlik koronavirusga chalingan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Xorazm viloyati Shovot tumanida yashovchi 56 yoshli D.S. ismli erkak bir hafta davomida tana harorati ko‘tarilib, holsiz bo‘lgan.

So‘ngra bemor viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida yotqizilgan. Unga COVID-19 infeksiyasi og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan.

Shuningdek, yurak ishemik kasalligi, gipertoniya kasalligi bilan ham og‘rigan. Xastalik o‘tkir nafas va o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

56 yoshli erkak koronavirusdan vafot etgan Xorazmdagi birinchi, O‘zbekistondagi 57-bemor bo‘ldi. O‘lim holati qayd etilmagan faqat Andijon va Sirdaryo viloyatlari qoldi.

Bungacha O‘zbekistonda 56 kishi koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют