» » Yevropa Ittifoqi Turkiyaning Avliyo Sofiya ibodatxonasini masjidga aylantirganidan afsusdaligini bildirdi

Yevropa Ittifoqi Turkiyaning Avliyo Sofiya ibodatxonasini masjidga aylantirganidan afsusdaligini bildirdi


Yevropa Ittifoqi Turkiyaning Avliyo Sofiya ibodatxonasi maqomini masjidga o‘zgartirish haqidagi qaroridan afsusda ekanini ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar bo‘yicha yuqori vakili Josep Borrel Avliyo Sofiya ibodatxonasi buyuk ramziy, tarixiy va dunyoviy ahamiyatiga ega ekanini ta’kidladi.

“Yevropa Ittifoqi Turkiya davlat kengashining tarixiy qarorlaridan birini bekor qilish to‘g‘risidagi va prezident Erdo‘g‘onning yodgorlikni Turkiya diniy ishlar boshqarmasiga topshirish bo‘yicha qaroridan afsusda”, — deyiladi Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbarining bayonotida.

Borrel Turkiya “Madaniyatlar alyansi” (millatlararo, madaniyatlararo va dinlararo muloqot hamda o‘zaro aloqalarni o‘rnatish bo‘yicha xalqaro tashkilot) asoschilaridan biri sifatida dinlararo va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish kabi majburiyatlarini olganini eslatib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, 10-iyul, juma kuni Edo‘g‘on Avliyo Sofiyaning maqomini o‘zgartirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Qaror obyektni Turkiya diniy ishlar boshqarmasining tasarrufiga o‘tkazishni ko‘zda tutadi. Buning natijasida bino musulmonlarga ibodat qilish mumkin bo‘lgan masjid sifatida qayta ochiladi.

Avvalroq Turkiy Davlat Kengashi 1934-yil hukumat qarorini bekor qildi. Unga binoan, davlat rahbari Rajab Toyyip Erdo‘g‘on Avliyo Sofiya ibodatxonasining maqomini saqlab qolish yoki o‘zgartirish haqida qaror chiqarishga haqli deb belgilangan.

Avliyo Sofiya atrofidagi bahs

Istanbulda Avliyo Sofiya ibodatxonasining masjidga aylantirilishi borasidagi bahs-munozaralar 29-may kuni Konstantinopolning qulashi munosabati bilan u yerda Qur’on xatm qilinganidan keyin boshlanib ketgan. Oradan bir hafta o‘tgach Erdo‘g‘on ibodatxonani masjidga aylantirish imkoniyatini ko‘rib chiqishni buyurgan. Keyinchalik adliya vaziri Abdulhamid Gyul hamda tashqi ishlar vaziri Mevlyut Chavusho‘g‘lu ibodatxonaning yana masjidga aylantirilishi tarafdori ekanligini bildirgan.

Turkiyadagi arman patriarxi Saak II Avliyo Sofiyaning xristianlar uchun ham, musulmonlar uchun ham ibodat maskaniga aylanishini istashi haqida gapirgan. G‘arb davlatlarining yuqori martabali amaldorlari, diplomatlar, jumladan, AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo ibodatxonaning masjidga aylantirilishiga qarshi chiqqan.

Avliyo Sofiya ibodatxonasiga 1934-yilda Turkiya birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk qaroriga asosan muzey maqomi berilgan. 1985-yilda ibodatxona YuNESKOning butunjahon madaniy merosi obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют