» » G‘ijduvonda qo‘lbola usulda paxta yog‘i ishlab chiqarayotgan shaxs fosh etildi

G‘ijduvonda qo‘lbola usulda paxta yog‘i ishlab chiqarayotgan shaxs fosh etildi


Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda G‘ijduvon tumanida istiqomat qiluvchi N.Ma’rufov davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan turib, noqonuniy ravishda tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelganligi ma’lum bo‘ldi. N.Ma’rufov o‘z uyida qo‘lbola moyjuvoz sexi faoliyatini yo‘lga qo‘yib, sifatsiz va inson salomatligi uchun zararli bo‘lgan paxta yog‘ini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Tezkor tadbir davomida ushbu xonadonda 1880 kg chigit, 227 kg kunjara va 180 litr qo‘lbola usulda tayyorlangan paxta yog‘i borligi aniqlangan va ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Yog‘ ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan ushbu chigitlar aslida urug‘lik chigitlar bo‘lib, ularga kimyoviy zaharli dorilar bilan ishlov berilgan. Shu sababli, ulardan tayyorlangan paxta yog‘i inson salomatligi uchun o‘ta xavfli hisoblanadi.

Ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv jarayonlari olib borilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-04-2017, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют