» » O‘zbekistonda koronavirusning alomatsiz shakli bilan kasallanganlarni uy sharoitida davolash tartibi belgilandi

O‘zbekistonda koronavirusning alomatsiz shakli bilan kasallanganlarni uy sharoitida davolash tartibi belgilandi


Sog‘liqni saqlash vazirligi COVID-19’ning alomatsiz shakli bilan kasallanganlarni uy sharoitida davolash va epidemiologik surishtiruv o‘tkazish tartibi belgilangani to‘g‘risida xabar berdi.

“Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash va kasallik tarqalishining oldini olish borasida o‘tkazilayotgan epidemiyaga qarshi kurashish tadbirlarini takomillashtirish to‘g‘risida” sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i qabul qilingan.

Buyruqqa ko‘ra, quyidagilar tasdiqlangan:

Vazir buyrug‘iga asosan, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani hamda hududlarning vaqtinchalik karantinga moslashtirilgan majmualarida COVID-19’ning alomatsiz shakli bilan kasallangan, ushbu hudud ro‘yxatida turmaydigan fuqarolar yashash manziliga yuborilmasdan, COVID-19’ni davolashga moslashtirilgan muassasalarda 10 kun davomida kuzatuvi va davolanishi tashkil etiladi.

COVID-19’ning alomatsiz shakli bilan kasallangan fuqarolar o‘z xohishiga ko‘ra statsionar sharoitda davolanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri, Toshkent shahar SSBB va viloyatlar SSB boshliqlari hamda hududiy SEOM rahbarlariga quyidagi vazifalar yuklatilgan:

Tuman/shahar tibbiyot birlashmalari qoshida tez tibbiy yordam mashinasi bilan mobil guruhlar tashkil etiladi. Ularning vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusning alomatsiz shaklini uyda davolash bo‘yicha savollarga javob beradigan Call-markaz ishga tushdi

Avval O‘zbekistonda koronavirusdan uy sharoitida davolanayotganlarga tibbiy yordam berish uchun mobil guruhlar tashkil etilishi to‘g‘risida xabar qilingandi. 5-iyuldan boshlab esa koronavirusga chalingan ayrim toifa bemorlar o‘z uyida davolanishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют