» » Yevropaning uch mamlakatini mag‘lub etgan O‘zbekiston U16 termasi Development Cup g‘olibi bo‘ldi

Yevropaning uch mamlakatini mag‘lub etgan O‘zbekiston U16 termasi Development Cup g‘olibi bo‘ldi


Dilshod Nuraliyev boshqaruvida Osiyo chempionatining saralash bosqichiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Development Cup turniri g‘olibiga aylandi.

Yerevanda bo‘lib o‘tgan xalqaro turnir o‘zbekistonlik futbolchilarning Makedoniya ustidan qozongan 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan boshlangandi. Keyingi ikki turda ham Nuraliyev jamoasi raqiblaridan ustunroq bo‘ldi.

2-turda mezbon Armaniston termasi O‘zbekiston darvozasiga yo‘l topa olmadi va minimal hisobda imkoniyatni boy berdi — 0:1. 3-turda esa Kipr taslim qilindi — 3:2. Shu tariqa jami 9 ochko to‘plagan O‘zbekiston U16 termasi yuz foizlik natija bilan chempionga aylandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston o‘smirlari o‘tgan hafta tashlangan qur’aga ko‘ra, Osiyo chempionatining saralashida Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Bahrayn va Shri-Lanka termalariga qarshi kurash olib boradigan bo‘ldi.

1-tur
O‘zbekiston — Makedoniya 2:1

2-tur
O‘zbekiston — Armaniston 1:0

3-tur
O‘zbekiston — Kipr 3:2

Опубликовано: admin (24-04-2017, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют