» » SEOA: Xususiy klinikalarga koronavirusga test olishni to‘xtatish haqida topshiriq berilmagan

SEOA: Xususiy klinikalarga koronavirusga test olishni to‘xtatish haqida topshiriq berilmagan


Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkentdagi test olishi mumkin bo‘lgan aksariyat xususiy klinikalar 10-iyul, juma kunidan boshlab test olishni ham to‘xtatgani” haqida xabarlar tarqaldi. Jumladan, Telegramdagi @bankers_uz kanali muallifi ayni shu holat sabab koronavirusga test topshira olmagani haqida yozgan.

“Toshkentda test olishi mumkin bo‘lgan aksariyat xususiy klinikalar juma kundan test olishni ham to‘xtatganini eshitib, hafsalam pir bo‘lgan bo‘lsa-da, bugun (11-iyul kuni) ikkita joyda test olinyapti degan xabar keldi. Ikkalasiga ham ertalabdan telefon qildim. Tushlikdan keyin kelavering degan javobni olgach, uyimga yaqinrog‘iga bordim. Borsam: ‘Anglashilmovchilik bo‘libdi, biz test olmayapmiz’, deyishdi. Ha mayli deb, TAPOiCh tarafdagi ‘test olyapmiz, kelavering’ degan yana bir xususiy ‘klinikacha’ga bordim. Ularda ham shu gap — ‘resepshndagi odam bilmay javob bervorgan’mush”, — deb yozadi kanal muallifi.

Ushbu holat tarmoqda xususiy klinikalarga test o‘tkazishni to‘xtatish haqida topshiriq berilgan bo‘lishi mumkinligi haqida mulohazalar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limidan “Daryo”ga ma’lum qilishlaricha, xususiy klinikalarga koronavirusga test olishni to‘xtatish haqida topshiriq berilgani haqidagi gap-so‘zlar haqiqatga mos kelmaydi.

Ta’kidlashlaricha, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi koronavirusga test olish jarayonini tashkil etishda xususiy klinikalarga imkon qadar sharoit yaratib berishga intilmoqda. U yoki bu klinikaning hozirgi vaqtda koronavirusga test olishni vaqtincha to‘xtatib qo‘ygani ushbu muassasalarning karantinga tushgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, “moyka” jarayoni yakuniga yetgach, ular o‘z faoliyatini yana avvalgidek davom ettiraveradi.

“Daryo” muxbirlari koronavirusga test olishi aytilgan bir qator xususiy klinikalarda izoh olishga urindi, biroq ularning hech biri bilan bog‘lanib bo‘lmadi — aksariyat klinikalarning telefon raqamlari o‘chirilgan, boshqalariniki esa muntazam band. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari esa xususiy klinikalarda testlar qolmagani haqida yozmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют