» » “Axborot xizmati rahbarlarining uch-to‘rt nafari faol, qolganlari ham uyg‘onishi kerak”. Zoir Mirzayev tuman va shahar hokimlarining matbuot kotiblarini faollikka chaqirdi

“Axborot xizmati rahbarlarining uch-to‘rt nafari faol, qolganlari ham uyg‘onishi kerak”. Zoir Mirzayev tuman va shahar hokimlarining matbuot kotiblarini faollikka chaqirdi


Qashqadaryo hokimi Zoir Mirzayev viloyatdagi mavjud tuman va shahar hokimliklarining axborot xizmati rahbarlarini faollikka chaqirdi. Bu haqda viloyat hokimining qashqadaryoliklarga qilgan murojaatida ta’kidlandi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Murojaatda viloyat hokimi kuchaytirilgan karantin paytida tuman va shahar hokimliklari axborot xizmati rahbarlari har doimgidan ham faollashishi zarurligini ta’kidlagan.

“Axborot xizmati rahbarlarining uch-to‘rt nafari faol, qolganlari ham uyg‘onishi kerak. Tarqatilayotgan tanqidiy ruhdagi yoki yolg‘on xabarlarga vaziyat bo‘yicha matbuot kotiblari o‘z vaqtida munosabat bildirishi, muammoni barvaqt o‘rganib jamoatchilikka yetkazishi zarur”, — degan viloyat hokimi.

Ta’kidlash lozim, Qashqadaryoda ayni kunda 15 ta tuman va shahar hokimliklarining axborot xizmati rahbarlari faoliyat yuritadi.

Qashqadaryo hokimi axborot xizmati rahbarlari xususida gapira turib, aksariyat axborot xizmati rahbarlari hatto hududidagi sohalar kesimida qilingan ishlarni ham yetarli darajada yoritmayotganini ta’kidlagan.

“Hududingizda sohalar kesimida yoritilishi kerak bo‘lgan qanchadan qancha yangiliklar bor. Ko‘pchilik axborot xizmati rahbarlari uyg‘onishi kerak. Prezidentimiz qarorida belgilangan maqsad va vazifalaringizni unutib qo‘ymang”, — deya axborot xizmati rahbarlariga talab qo‘ygan viloyat hokimi.

Qashqadaryo hokimi Zoir Mirzayev hokimliklarning axborot xizmati rahbarlari faoliyatini doimiy kuzatib borishini ilgari ham oshkor qilgandi.

O‘shanda viloyatdagi 8 ta tuman hokimlarining matbuot kotiblari faoliyatini tanqid qilgan hokim Chiroqchi, Muborak, Mirishkor, Qamashi, Kitob, Shahrisabz, G‘uzor va Qarshi tuman hokimlarining matbuot kotiblari hududda sohalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yoritishda OAVlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ymaganini aytib o‘tgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют