» » Lionel Messi La Ligada 11 yil ichidagi eng yaxshi natijani qayd etdi

Lionel Messi La Ligada 11 yil ichidagi eng yaxshi natijani qayd etdi


Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi Ispaniya La Ligasining 36-turida “Valyadolid”ga qarshi o‘yinda (1:0) jamoadoshi Arturo Vidalning goliga hammualliflik qildi.

Bu Messi uchun Ispaniya chempionatining joriy mavsumidagi 20-assist bo‘ldi. Shu tariqa u La Ligada golli uzatmalar borasida shaxsiy rekordini yangiladi.

Bundan tashqari, argentinalik futbolchi 11 yil ichida Ispaniya chempionatida 20 ta golli uzatmani amalga oshirgan birinchi o‘yinchiga aylandi.

Opta xabariga ko‘ra, 2008/09-yilgi mavsumda “Barselona” sobiq yarim himoyachisi Xavi shunga o‘xshash natijani qayd etgan. Gracenote esa Xavi 2008/09-yilgi mavsumda 21 ta golga assistentlik qilganini ta’kidlanmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Messi katalon klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2003-yildan beri asosiy jamoada harakat qiladi. U 2019/20-yilgi mavsumda 31 o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol va 20 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Mavzuga doir: Messining qo‘lida “qizil tugma” bor, u osonlikcha “Barselona” prezidenti va murabbiyidan xalos bo‘lishi mumkin



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют