» » Milliarder Jeff Bezosning sobiq rafiqasi AQShdagi eng badavlat ayolga aylandi

Milliarder Jeff Bezosning sobiq rafiqasi AQShdagi eng badavlat ayolga aylandi


Milliarder Jeff Bezos bilan ajrashganidan keyin Amazon kompaniyasining 4 foiz ulushini olgan Makkenzi Bezosning boyligi kompaniya aksiyalari narxi o‘sishi fonida 62,3 milliard dollarga yetdi, deya xabar berdi “RBK”.

Qayd etilishicha, 2—9-iyul kunlari Amazon aksiyalari narxi 10 foizga o‘sdi, natijada kompaniya rahbari va dunyoning eng boy odami Jeff Bezosning boyligi 16,2 milliard dollarga o‘sib, 188,2 milliard dollarga yetdi. Shu bilan birga, aksiyalar narxi o‘sishi sabab Bezosning sobiq rafiqasi Makkenzi Bezos Walmart asoschisi Ellis Uoltonning qizini ortda qoldirib, AQShning eng boy ayoliga aylandi.

Ajrashganidan so‘ng Makkenzi Bezos eri egalik qiladigan Amazon aksiyalarining to‘rtdan birini – 36 milliard dollarga teng qismini olgan. Shundan beri aksiyalar narxi ko‘tarilib, uning boyligi deyarli ikki baravar ko‘paygan.

Mavzuga doir: Foto: Dunyodagi eng badavlat inson — Jeff Bezosning Manhettendagi koshonasiga sayohat

Avvalroq dunyodagi eng boy odamlarning umumiy reytingida o‘zgarishlar yuz berdi. Ushbu haftada SpaceX asoschisi va Tesla kompaniyasining bosh direktori Ilon Mask ro‘yxatda yettinchi o‘ringa ko‘tarilib, bir vaqtning o‘zida bir nechta milliarderlardan, jumladan, Uorren Baffet va Osiyoning eng boy odami Mukesh Ambanidan o‘zib ketgan haqida xabar berilgan edi.

Bu holat 10-iyul kuni Tesla aksiyalarining 11 foizga o‘sishi fonida Maskning boyligi 6,1 milliard dollarga ko‘payganidan keyin yuz berdi. Endi uning boyligi 70,5 milliard dollarga baholanmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют