» » Messi Anrining 18 yillik rekordini takrorladi. XXI asrda faqat ular bu natijani qayd etgan

Messi Anrining 18 yillik rekordini takrorladi. XXI asrda faqat ular bu natijani qayd etgan


“Barselona” hujumchisi Lionel Messi La Liganing 36-turidan o‘rin olgan “Valyadolid”ga qarshi uchrashuvda (1:0) o‘z nomiga bitta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Bu Messi uchun Ispaniya chempionatining joriy mavsumidagi 20-golli uzatma bo‘ldi. Shu tariqa u La Ligada assistentlik qilish borasida shaxsiy rekordini yangiladi.

Shuningdek, argentinalik futbolchi XXI asrda chempionatning bir mavsumida kamida 20 ta gol va 20 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan ikkinchi o‘yinchiga aylandi. Hozirda uning hisobida (La Ligada) 22 ta gol va 20 ta assist bor.

Bundan oldingi eng yaxshi natija “Arsenal” sobiq hujumchisi Tyerri Anriga tegishli edi. U 2002/03-yilgi mavsumda Premyer Liga bahslarida 24 ta gol urgan va 20 ta golga hammualliflik qilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют