» » “Bunyodkor” ishtirokidagi uchrashuv qoldirildi. Jamoa futbolchisi koronavirus yuqtirib olganlikda gumon qilinmoqda

“Bunyodkor” ishtirokidagi uchrashuv qoldirildi. Jamoa futbolchisi koronavirus yuqtirib olganlikda gumon qilinmoqda


Coca-Cola Superliga 9-turidan o‘rin olgan “Buxoro” — “Bunyodkor” uchrashuvi noma’lum muddatga qoldirildi.

Professional futbol Ligasi (PFL) rasmiy saytining ma’lum qilishicha, “Bunyodkor” futbolchilaridan biri koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlikda gumon qilingan. Shu sabab nomi oshkor qilinmagan futbolchi izolyatsiyaga olingan. “Bunyodkor” bazasida dezinfeksiya ishlari amalga oshirilgan, barcha jamoa a’zolari virusga test topshiradi. Hammasi joyida bo‘lgan taqdirda, futbolchilar shifkorlar nazorati ostida mashg‘ulotlarni davom ettirishga ruxsat etiladi.

Shuningdek, “Bunyodkor” bilan 7-iyul kuni bahs olib borgan “Navbahor” futbolchilari ham tekshiruvdan o‘tkaziladi. Ta’kidlanishicha, hozirda “Navbahor”ning barcha futbolchilari o‘zini yaxshi his qilmoqda.

Ma’lumot uchun, “Buxoro” — “Bunyodkor” uchrashuvi 14-iyul kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют