» » Qozog‘iston chegarasida qolib ketgan o‘zbekistonliklar qanday sharoitda yashashga majbur bo‘ldi? (video)

Qozog‘iston chegarasida qolib ketgan o‘zbekistonliklar qanday sharoitda yashashga majbur bo‘ldi? (video)


7-iyul kuni Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasidagi “Jibek joli”—“G‘ishtko‘prik” nazorat-o‘tkazish punkti orqali fuqarolarni o‘tkazish texnik muammolar tufayli cheklangan miqdorda amalga oshirilgani, oqibatda 3000 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari chegara yaqinida to‘planib qolgani to‘g‘risida xabar berilgandi. O‘zbekiston Prezidentining topshirig‘i bilan Respublika maxsus komissiyasi, DXX Chegara qo‘shinlari va O‘zbekistonning Qozog‘istondagi diplomatik vakolatxonalarining birgalikdagi sa’y-harakatlari natijasida 8-iyul kuni fuqarolarning chegaradan erkin o‘tishiga to‘sqinlik qiluvchi barcha texnik va tashkiliy masalalar tezkorlik bilan hal qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 8-iyul kuni kechqurun va 9-iyul kuni “Jibek joli”—“G‘ishtko‘prik” nazorat-o‘tkazish punktidan 3746 nafar fuqaro o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, 7-iyulda Qozog‘iston bilan chegarani kesib o‘tish uchun Samarada yana 1,2 ming o‘zbekistonlik to‘plangani, keyinchalik O‘zbekistonga qaytish uchun Rossiya—Qozog‘iston chegarasida 2000 dan ortiq fuqaro to‘plangani haqida xabar berilgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev 8-iyul kungi videoselektorda koronavirus pandemiyasi va kuchaytirilayotgan karantin masalasida xalqqa murojaat qilib, “chet elda qolgan fuqarolar, albatta, olib kelinishi”ni ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston elchixonasi Qozog‘iston bilan chegarani kesib o‘tishda turli shaxslarga murojaat qilmaslikka chaqirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют