» » Erdo‘g‘on Avliyo Sofiya majmuasini masjidga aylantirish masalasida boshqa davlatlarning fikri ahamiyatsiz ekanini aytdi

Erdo‘g‘on Avliyo Sofiya majmuasini masjidga aylantirish masalasida boshqa davlatlarning fikri ahamiyatsiz ekanini aytdi


Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Avliyo Sofiya majmuasini masjidga aylantirish masalasida boshqa davlatlarning fikri ahamiyatsiz ekanini ma’lum qildi, deb xabar berdi “Interfaks”.

“Turkiya, xalqning xohishi va istagiga ko‘ra, Avliyo Sofiyaning maqomini muzeydan masjidga o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Boshqa davlatlarning fikri bizning qarorimizga ta’sir qila olmaydi”, – dedi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on.

Erdo‘g‘on, Turkiyani tanqid qilganlar “o‘z hududlarida islomofobiya bilan kurasha olmaydi” deb qo‘shimcha qildi.

Shuningdek, mamlakat prezidenti qabul qilingan qarorni Turkiyaning suveren huquqi ekanini aytdi.

Mavzuga doir: Yevropa Ittifoqi Turkiyaning Avliyo Sofiya ibodatxonasini masjidga aylantirganidan afsusdaligini bildirdi

Ma’lumot uchun, 10-iyul, juma kuni Edo‘g‘on Avliyo Sofiyaning maqomini o‘zgartirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Qaror obyektni Turkiya diniy ishlar boshqarmasining tasarrufiga o‘tkazishni ko‘zda tutadi. Buning natijasida bino musulmonlarga ibodat qilish mumkin bo‘lgan masjid sifatida qayta ochiladi.

Avvalroq Turkiy davlat kengashi 1934-yil hukumat qarorini bekor qildi. Unga binoan, davlat rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Avliyo Sofiya ibodatxonasining maqomini saqlab qolish yoki o‘zgartirish haqida qaror chiqarishga haqli deb belgilangan.

Avliyo Sofiya atrofidagi bahs

Istanbulda Avliyo Sofiya ibodatxonasining masjidga aylantirilishi borasidagi bahs-munozaralar 29-may kuni Konstantinopolning qulashi munosabati bilan u yerda Qur’on xatm qilinganidan keyin boshlanib ketgan. Oradan bir hafta o‘tgach Erdo‘g‘on ibodatxonani masjidga aylantirish imkoniyatini ko‘rib chiqishni buyurgan. Keyinchalik adliya vaziri Abdulhamid Gul hamda tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho‘g‘lu ibodatxonaning yana masjidga aylantirilishi tarafdori ekanligini bildirgan.

Turkiyadagi arman patriarxi Saak II Avliyo Sofiyaning xristianlar uchun ham, musulmonlar uchun ham ibodat maskaniga aylanishini istashi haqida gapirgan. G‘arb davlatlarining yuqori martabali amaldorlari, diplomatlar, jumladan, AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo ibodatxonaning masjidga aylantirilishiga qarshi chiqqan.

Avliyo Sofiya ibodatxonasiga 1934-yilda Turkiya birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk qaroriga asosan muzey maqomi berilgan. 1985-yilda ibodatxona YuNESKOning butunjahon madaniy merosi obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют