» » Hindistonda brilliantlar bilan bezatilgan tibbiy niqob sotuvga chiqarildi

Hindistonda brilliantlar bilan bezatilgan tibbiy niqob sotuvga chiqarildi


Hindistonning Surat shahridagi (Gujorat shtati) zargarlik do‘koni koronavirus pandemiyasi fonida brilliantlar bilan bezatilgan himoya niqoblari sotuvini yo‘lga qo‘ydi. Ularning narxi 2 mingdan 5 ming dollargacha, deb xabar berdi ANI.

Gujarat: A jewellery shop in Surat is selling diamond-studded masks ranging between 1.5 lakhs to 4 lakhs. Owner of the shop says, "As lockdown was lifted, a customer who had a wedding at his home came to our shop & demanded unique masks for bride & groom." #COVID19 pic.twitter.com/Oz5ShitRKj

— ANI (@ANI) July 10, 2020

Do‘kon egasi Dipak Choksining aytishicha, brilliantlar qadalgan niqoblar tayyorlash g‘oyasi to‘yi bo‘lishi kerak bo‘lgan xaridor do‘konga kelganidan keyin paydo bo‘lgan. U do‘kon egasidan kelin va kuyov uchun “noyob” niqob tayyorlab berishini so‘ragan.

“Dizaynerlarimiz tayyorlagan niqob unga ma’qul bo‘ldi va sotib oldi. Shundan keyin ana shunday niqoblar tayyorlashga kirishdik. Tayyorlanishida sariq oltin va amerika brilliantlari ishlatiladigan niqoblarimiz 150 ming rupiy (1990 dollar) turadi. Oq oltin va haqiqiy brilliantlardan tayyorlangan niqoblarimiz narxi 400 ming rupiy (5,3 ming dollar)”, —  deydi Choksi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, niqoblardagi brilliant va oltinni mijoz ixtiyoriga ko‘ra chiqarib olish va ulardan boshqa zargarlik buyumi tayyorlash mumkin.

Mavzuga doir: Hindistonlik erkak koronavirusdan himoyalanish uchun o‘ziga 4 ming dollarga tilla niqob yasattirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют