» » Yaxshiboyevsiz qolgan “Energetik-BGU” o‘z darvozasidan 8 ta gol o‘tkazib yutqazdi

Yaxshiboyevsiz qolgan “Energetik-BGU” o‘z darvozasidan 8 ta gol o‘tkazib yutqazdi


Futbol bo‘yicha Belarus chempionatining 17-turida “Energetik-BGU” 12-iyul, yakshanba kuni “Rux Brest”ni qabul qildi.

Uchrashuvda mehmonlar yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Brestliklar safida 20 yoshli Artyom Kontsevoy het-trik qayd etgan bo‘lsa, Denis Grechixo, Artyom Rahmonov, Yevgeniy Shevchenko, Aleksandr Migunov va Oleg Nikiforenko bir martadan minskliklar darvozasini ishg‘ol qildi. “Talabalar”ning yagona javob to‘piga Vladislav Muhamedov muallif bo‘ldi.

Mazkur o‘yinda o‘zbekistonlik futbolchi Shahboz Umarov 50-daqiqa harakat qildi.

Shu tariqa “Energetik-BGU” Jasur Yaxshiboyev ketganidan keyingi ilk o‘yinda yirik hisobda taslim bo‘ldi. Birinchi davrada poytaxtliklar ushbu jamoani mag‘lub etgan (1:0) va unda Yaxshiboyev golli uzatma muallifiga aylangandi.

Eslatib o‘tamiz, Jasur Solgorskning “Shaxtyor” klubiga o‘tib ketdi. Uning jamoasi 11-turda g‘alabaga erishdi. O‘zbekistonlik hujumchi debyut o‘yinida gol urdi.

Belarus Oliy Ligasi

17-tur bahsi

12-iyul, yakshanba

Gollar: 0:1 – 13 Kontsevoy, 0:2 – 31 Grechixo, 0:3 – 40 Rahmonov, 0:4 – 42 Shevchenko, 0:5 – 63 Migunov, 0:6 – 66 Kontsevoy, 0:7 – 78 Kontsevoy, 1:7 – Muhamedov, 1:8 – 86 Nikiforenko.

“Energetik-BGU”: Sadovskiy, Osnov, Miroshnikov, Yudchits, Mavatu, Shkurdyuk, Umarov (Sovpel, 50), Bashilov, Nosko, Girs, Atemeng (Muhamedov, 46).

“Rux Brest”: Stepanov, Migunov, Rahmonov, Gayduchik, Kovtun, Vasilyev, Grechixo, Shevchenko (Nikiforenko, 80), Osuchukvu, Kontsevoy, Bogomolskiy.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют