» » Toshkentda Sag‘bon ko‘chasining Nurafshongacha bo‘lgan qismi vaqtincha yopiladi

Toshkentda Sag‘bon ko‘chasining Nurafshongacha bo‘lgan qismi vaqtincha yopiladi


Toshkent shahrida Sag‘bon ko‘chasining Farobiy ko‘chasidan Nurafshongacha bo‘lgan qismida ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi, deya xabar bergan poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

Xabarga ko‘ra, Olmazor tumanining Sag‘bon ko‘chasi bir sutka davomida Farobiy ko‘chasidan Nurafshon ko‘chasigacha bo‘lgan qismidagi yo‘l ta’mirlash ishlari sababli harakatlanish uchun yopiladi.

Hokimlik haydovchilarga vaqtincha aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilgan.

Avval Beruniy ko‘chasidan Farobiy ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘lning bir qismi 2-iyuldan boshlab 14 kunga yopilgani, Yunusobod tumanida Ahmad Donish ko‘chasining ayrim qismlari ham 3-iyuldan boshlab 14 kunga yopiq bo‘lishi haqida xabar berilgan. Shuningdek, Abay va Abdulla Qodiriy ko‘chalarida transport harakati vaqtincha cheklangani, 4-iyuldan 24-iyulga qadar Chilonzor ko‘chasining Muqimiy ko‘chasiga tutashgan joyidan Novza ko‘chasigacha tutashgan hududi transport vositalari harakati uchun berkitilishi ham xabar qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют