» » Alibaba asoschisi Jek Ma rahbar robotlarning paydo bo‘lishini bashorat qildi

Alibaba asoschisi Jek Ma rahbar robotlarning paydo bo‘lishini bashorat qildi


Alibaba korporatsiyasi asoschisi, milliarder Jek Ma Xitoy tadbirkorlari klubining yig‘ilishida tez orada CEO robotlarning paydo bo‘lishini bashorat qildi hamda an’anaviy biznesni texnologiya va internet rivoji tufayli “bir necha o‘n yillik og‘riqlar” kutayotganini aytib o‘tdi. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Milliarderning fikriga ko‘ra, texnologiyalarning rivojiga qaramasdan, robotlar insonlar o‘rnini egallashi kerak emas. Tadbirkor robotlar odamlar uchun raqobatchi emas, hamkor bo‘lishi kerak deb hisoblamoqda.

Shu bilan birga, biznesmen mashinalar ko‘p sohalarda ishchilar o‘rnini egallayotganini tan oldi va yaqin 30 yil ichida boshqaruvchi robotlar paydo bo‘lishini bashorat qildi.

Tadbirkor 15 yil avval texnologiya va elektron savdoning an’anaviy biznesga ta’siri haqida ogohlantirgan, biroq unga hech kim quloq solmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin vaqt ichida internetga bog‘lanmagan biznes jiddiy zarar ko‘radi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-04-2017, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют