» » YouTube’da 4 mingdan ziyod dizlayklar qo‘yilgan Jeenbekovning murojaati o‘chirib tashlandi va qayta yuklab qo‘yildi

YouTube’da 4 mingdan ziyod dizlayklar qo‘yilgan Jeenbekovning murojaati o‘chirib tashlandi va qayta yuklab qo‘yildi


Qirg‘iziston prezidenti So‘ronboy Jeenbekovning mamlakatda koronavirus bo‘yicha vaziyat yuzasidan fuqarolarga qilgan videomurojaati YouTube platformasidan dizlayklar sonining layklardan 14 barobarga ko‘pligi tufayli o‘chirib tashlandi va qaytadan yuklab qo‘yildi.

Video 9-iyulda YouTube’ga joylashtirilgan. Shu kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:30 da rolikni ko‘rmoqchi bo‘lganlar uni yuklagan foydalanuvchi tomonidan o‘chirib tashlangani haqidagi xabarni o‘qigan. O‘sha vaqtda murojaatda 300 ta layk hamda 4200 ta dizlayk bo‘lgan. Bundan tashqari foydalanuvchilar tomonidan bildirilgan salbiy izohlar ham o‘chirib tashlangan. O‘chirilishidan avval videoning ko‘rishlar soni 30 mingga yaqin bo‘lgan.

Tungi soat 01:00 larda Qirg‘iziston prezidentining YouTube’dagi kanalida o‘chirib tashlangan video qayta yuklangan, ammo bu safar uning sotida izoh qoldirish, layklar va dizlayklar statistikasini ko‘rish funksiyalari o‘chirib qo‘yilgan. Prezident matbuot xizmati vakili “24.kg” nashriga bergan intervyusida video, uning ostida destruktiv izohlar ko‘payib ketgani sabab o‘chirilganini bildirgan. Prezident vakillarining so‘zlariga ko‘ra, mazkur izohlar mintaqada nizo keltirib chiqarish, shaxsning qadr-qimmati va obro‘sini kamsitish mazmunida bo‘lgan, shuningdek, ular asosan feyk akkauntlar orqali bildirilgan.

Jeenbekov o‘z murojaatida Qirg‘iziston pandemiya bilan bog‘liq qiyinchiliklarni matonat va sharaf bilan yengib o‘tayotganini qayd etgan, xalqni kasallikni yengib o‘tishda fuqarolik mas’uliyatini his etishga chorlagandi. Qirg‘iziston prezidenti mamlakatga kelayotgan xalqaro tashkilotlarning xayriya mablag‘larining o‘g‘irlanishiga aslo yo‘l qo‘ymasligini ham aytib o‘tgan.

Qirg‘izistonda epidemiya boshlanganidan beri, 12-iyul holatiga ko‘ra 10 629 kishida koronavirus aniqlangan, 3 787 nafar bemor infeksiyadan tuzalgan va 137 kishi kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-07-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 94) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют