» » Toshkentda koronavirusga chalingan 67 yoshli ayol vafot etdi. Bu O‘zbekistondagi 61-o‘lim holati

Toshkentda koronavirusga chalingan 67 yoshli ayol vafot etdi. Bu O‘zbekistondagi 61-o‘lim holati


Toshkentda koronavirusga chalingan 67 yoshli ayol vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, 10-iyul kuni Shayxontohur tumanida yashovchi 67 yoshli M.T.da COVID-19 tasdiqlangan. Shu kuniyoq o‘tkir nafas yetishmovchiligi sababli bemorning ahvoli og‘ir bo‘lganligi uchun Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Shifoxonada unga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya, nafas yetishmovchiligining 3-darajasi, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi tashxisi qo‘yilgan.

Shuningdek, bemorda gipertoniya kasalligining 2-darajasi, arterial gipertenziya, qandli diabet, surunkali xoletsistit kabi hamroh kasalliklar bo‘lgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

12-iyul kuni O‘zbekistonda koronavirudan 60-o‘lim holati qayd etilgandi. Endilikda qurbonlar soni 61 nafarga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-07-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют