» » Andrey Shipilov: “So‘g‘diyona”ga hech qanday imkoniyat qoldirmadik

Andrey Shipilov: “So‘g‘diyona”ga hech qanday imkoniyat qoldirmadik


“Metallurg” klubi bosh murabbiyi Andrey Shipilov Coca-Cola Superliga 9-turi doirasida o‘tgan “So‘g‘diyona”ga qarshi o‘yindan (2:0) so‘ng matbuot anjumanida qatnashdi.

“Nima ham deyishim mumkin? Ikkita ajoyib gol urdik va darvozamiz daxlsizligini saqlab qola oldik. “So‘g‘diyona” bilan o‘yinga jiddiy tayyorlangandik. O‘ziga xos markaziy o‘yin desa ham bo‘ladi. Jizzax jamoasi yaxshi shakllangan, agressiv futbol namoyish qiladi. Tarkibida mahoratli futbolchilar bor. Ha, “Nasaf” bilan o‘yindan keyin biroz kayfiyatimiz tushdi. Muhimi bu o‘yinga yaxshi tiklana oldik. Ha, biroz xotirjam to‘p tepdik. Maydon holati ajoyib edi. Faqat maydonga chiqib yutishimiz kerak edi. Raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadik. Muhim va zarur bo‘lgan uch ochkoni qo‘lga kiritganimiz bilan yigitlarni tabriklayman.

Ikki hujumchi bilan o‘ynaganimiz nima bilan bog‘liq? Ha, bu o‘yinda shunaqa fors-major holatiga tushib qoldik. Salamat Quttiboyev ertalab o‘zini biroz yomon his qildi. Boshlang‘ich tarkibda shunday o‘zgarishlar bo‘lishi raqib uchun kutilmagan holat bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

O‘rinbosarlar jamoasi? Men bu yerda uchinchi yil ishlashim. O‘rinbosarlar jamoasidagi aksariyat futbolchilar asosiy jamoa bilan birga shug‘ullanadi. Yig‘inlarda, safarlarda biz bilan birga bo‘ladi. Ularni orasida 2000, 2001-yilda tug‘ilgan futbolchilar ham bor. Hali mavsum uzun. Orada yuzaga kelgan tanaffusda seleksiya ishlarini olib boramiz. 2003 va 2004-yilda tug‘ilgan o‘yinchilarni ham jalb qilamiz.

Davron Anvarovni avvalgi turlarda ham maydonga tushirmoqchi edim. Uni debyuti muvaffaqiyatli chiqqani bilan tabriklayman”, — deya Shipilov so‘zlarini keltirmoqda “Championat.asia”.

Mazkur g‘alabadan keyin Andrey Shipilov shogirdlarining ochkolari 16 taga yetdi va jamoa 3-o‘ringa ko‘tarildi. Jamoa kelasi turda “Bunyodkor” mehmoni bo‘ladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-07-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют