» » Xitoyda COVID-19’ga chalinganlar 83 602 kishiga yetdi. Janubiy Koreyada kasallangan soni bir sutkada 62 nafarga oshdi

Xitoyda COVID-19’ga chalinganlar 83 602 kishiga yetdi. Janubiy Koreyada kasallangan soni bir sutkada 62 nafarga oshdi


Xitoyda so‘nggi sutkada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 9 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 6 ta holat aniqlandi, bemorlarning 14 nafari sog‘aydi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib.

Qayd etilishicha, aniqlangan yangi kasallanish holatlari, shu jumladan, belgisiz holatlarning barchasi chetdan yuqtirilgan.

Mamlakatda umumiy hisobda 83 602 kishi koronavirusga chalingan, ularning 78 648 nafari sog‘aygan, 4634 nafar bemor COVID-19 qurboniga aylangan. Kasalxonada 320 kishi davolanishda qolmoqda.

Shuningdek, Xitoyda kasallik belgisiz o‘tayotgan 6 ta holat aniqlangan. Shunday kishilarning yana 110 nafari kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Janubiy Koreyada esa sutka davomida 62 kishi koronavirusga chalingani qayd etilib, kasallanganlarning umumiy soni 13 479 nafarga yetdi.

Sutka davomida 23 kishi sog‘ayib, tuzalganlarning umumiy soni 12 201 nafarga yetdi. Kasallik qurbonlari soni 289 nafarni tashkil qilmoqda.

Bir kun avval kasallanganlar soni 44 kishiga oshgan, 34 kishi sog‘aygandi.

Mavzuga doir: Butun dunyoda koronavirusga chalinish bo‘yicha kunlik antirekord yangilandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-07-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют