» » Zinedin Zidan: “Real” haqida barcha o‘z fikrini bildiradi, chunki bu tarixdagi eng ahamiyatli klub va bu hech qachon o‘zgarmaydi

Zinedin Zidan: “Real” haqida barcha o‘z fikrini bildiradi, chunki bu tarixdagi eng ahamiyatli klub va bu hech qachon o‘zgarmaydi


“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoaning mavsumdagi so‘nggi o‘yinlari haqida gapirdi.

“Bizga biror narsaning yetishmayotganiga kelsak, bu gaplar meni bezovta qilmaydi, hayratlantirmaydi. Bu har doimgi gaplar. “Real” har bir o‘yin va mashg‘ulotda nimaga qodir ekanligini isbotlamoqda. Biz buni namoyish etishimiz kerak. Hamma “Real” haqida o‘z fikrini bildiradi, chunki bu tarixdagi eng ahamiyatli klub va bu hech qachon o‘zgarmaydi.

Bizning maqsadimiz – La Liga va Chempionlar Ligasi. Biz bu uchun kurashmoqdamiz, lekin buni oldindan muhokama qilishdan hech qanday naf yo‘q.

Oldinda bizni 3 o‘yin bilan hal qiluvchi hafta kutmoqda. Eng murakkab o‘yinlar, shu bilan eng muhimi ham. Har bir klub o‘z maqsadi sari intiladi, biz bor kuchimizni ertangi o‘yinga yo‘naltirishni istaymiz”, – deydi Zidan.

35-turdan keyin “Real” 80 ochko bilan musobaqa jadvalida 1-o‘rinni egallab turibdi. “Barselona”ning hisobida esa 36-turdan keyin 79 ochko bor. Madrid klubi 36-tur uchrashuvini Toshkent vaqti bilan 13-iyuldan 14-iyulga o‘tar kechasi soat 01:00 da safarda “Granada”ga qarshi o‘tkazadi.

Mavzuga doir: Zinedin Zidan: “Umuman gol o‘tkazib yubormaslikning iloji yo‘q”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-07-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 89) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют