» » Habib Nurmagomedov faoliyatini tugatadimi? Uning menejeri javob berdi

Habib Nurmagomedov faoliyatini tugatadimi? Uning menejeri javob berdi


UFC’ning yengil vazn toifasidagi chempioni Habib Nurmagomedovning menejeri Ali Abdulaziz otasining o‘limidan so‘ng jangchining professional faoliyatini tugatishga qaror qilgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

“Ba’zi rus ommaviy axborot vositalarida Habib faoliyatini yakunlaganligi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Bu mutlaqo yolg‘on. Habib otasining vafotidan so‘ng qayg‘uda. Men barchaning bu vaziyatni hurmat qilishini va yolg‘on xabarlarni tarqatmasligini istayman”, — deb yozdi Abdulaziz Twitter’dagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Abdulmanap Nurmagomedov 3-iyul kuni hayotining 58-yilida yurak va miya insultidan so‘ng vafot etdi.

Shu yilning sentabr oyida Habib Nurmagomedov Jastin Getjiga qarshi jangga chiqishi rejalashtirilgandi. Biroq UFC prezidenti Deyna Uayt rossiyalik sportchini bezovta qilmasligini va keraklicha vaqt berilishini ta’kidladi.

Habib Nurmagomedov ham sportchilik faoliyati davomida mag‘lub bo‘lgan, faqat bir marta. Ammo MMA’da emas (video)

Mavzuga doir: Kirovaul qishlog‘i Abdulmanap Nurmagomedov sharafiga qayta nomlanadigan bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-07-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют