» » Nurmat Otabekov Xitoydan O‘zbekistonga yuborilgan testlarda virus borligi haqidagi gap-so‘zlarga izoh berdi

Nurmat Otabekov Xitoydan O‘zbekistonga yuborilgan testlarda virus borligi haqidagi gap-so‘zlarga izoh berdi


Xitoyning O‘zbekistonga yuborgan testlaridan koronavirus yuqayotgani haqidagi gaplar rad etildi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov AOKA shtabidagi brifingda gapirib o‘tdi.

Mutaxassis test sistemalarining har xilligi, ba’zi birlarida sezgirlik birmuncha past bo‘lishi mumkinligi, kasalligi bor odamda ba’zan manfiy, kasalligi yo‘q odamda ba’zan musbat natija berishini ta’kidladi. Shu sababli O‘zbekistonda ishlatilayotgan har bir test dastlab sezgirlik jihatidan tekshiruvdan o‘tkazilib, undan keyin hududda ishlatilishiga ruxsat beriladi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 8 ta xususiy tibbiyot muassasasida koronavirusga test topshirish mumkinligi aytildi

“Kasallik tashxisi uchun ishlatiladigan test sistemalaridan kasallik tarqalishi umuman mumkin emas. Agar bu axborotni qayerdandir olgan bo‘lsangiz, bu asoslanmagan axborot”, — deydi Otabekov.

Shu bilan birga, test sistemasi virusga o‘ta sezuvchan reaktiv bo‘lib, reaktivga  virusni joylashtirib bo‘lmasligi qayd etildi. Reaktivdagi antitanalar virusdagi antigen bilan qo‘shilish orqali yashash imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Laboratoriya natijalari ham mana shu ikki antigen va antitana o‘rtasidagi jarayonga asoslanganligi bildirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq koronavirusga qarshi kurash shtabi 4 kun tomoqni tuz va sirka bilan chayish haqidagi xabarni rad etgan bo‘lsa, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi piyoz koronavirusni o‘ldirishi haqidagi xabarlarni safsata deb atagan, Bosh davlat sanitariya inspektori sarimsoq piyoz ham antibakterial, ham antivirus preparat emasligini bildirgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-07-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют