» » Toshkentda koronavirusga chalingan 65 yoshli ayol vafot etdi

Toshkentda koronavirusga chalingan 65 yoshli ayol vafot etdi


Qandli diabet va jigar sirrozi bilan og‘rib kelgan bemor koronavirusga chalinib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Uchtepa tumanida yashovchi 65 yoshli S.Q. ismli ayolda 9-iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va o‘tkir nafas yetishmovchiligi bilan Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Unga COVID-19 infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik nafas va o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi bilan kechgan.

U, shuningdek, qandli diabet, gipertoniya va jigar sirrozi kasalliklari bilan ham og‘rib kelgan. Shifoxonada bemorning davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

“Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi”, — deyiladi SSV xabarida.

65 yoshli ayol koronavirusdan vafot etgan O‘zbekistondagi 62-bemor bo‘ldi.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-07-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют