» » O‘zbekiston suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2030-yilgacha mo‘ljallangan konsepsiyasi tasdiqlandi

O‘zbekiston suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2030-yilgacha mo‘ljallangan konsepsiyasi tasdiqlandi


“O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020—2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi, deb xabar berdi Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram kanali.

Farmon bilan O‘zbekiston suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020—2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi tasdiqlandi.

Suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xo‘jaligi obyektlarining xavfsizligini hamda ishonchli ishlashini ta’minlash konsepsiyaning ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.

Farmonga ko‘ra, 2030-yilga qadar quyidagi ko‘rsatkichlarga erishish nazarda tutilgan:

Farmonda nazarda tutilgan vazifalarning to‘liq va o‘z muddatida bajarilishini ta’minlash maqsadida suv xo‘jaligi tizimida mas’ul boshqarma tashkil etiladi.

Klasterlarga o‘z balansidagi qishloq xo‘jaligi ekin yerlarida joylashgan suv xo‘jaligi obyektlarini boshqarish yo‘nalishidagi Suv xo‘jaligi vazirligining funksiyalarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida o‘tkazish to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar orqali amalga oshiriladi.

Shuningdek, farmon bilan konsepsiyada belgilangan vazifalarni 2020—2022-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xarita”si tasdiqlandi.

Unga muvofiq, suv resurslarini boshqarish, suvdan samarali foydalanish va suvni iste’mol qilish bo‘yicha samarali mexanizmlarni joriy etish maqsadida Suv kodeksi ishlab chiqiladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-07-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют