» » Habibulla Oqilov: “Hozir koronavirusning ikkilanish davri Toshkentda 2 haftagacha tushib ketgan”

Habibulla Oqilov: “Hozir koronavirusning ikkilanish davri Toshkentda 2 haftagacha tushib ketgan”


Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, professor Habibulla Oqilov O‘zbekistonda qat’iy karantin tartiblarining qaytarilishi sabablarini ma’lum qildi.

“Kasallanish sonining ikkiga ko‘paytirilish davrini asosiy ko‘rsatkich, deb bilamiz. Respublikamizning asosiy hududlari yashil bo‘lib turgan paytda ikkilanish ko‘rsatkichi 10-11 haftaga yetgan bo‘lsa, hozir Respublikada ikkilanish davri o‘rta hisobda 3 haftadan sal oshadi, Toshkentda 2 haftagacha tushib ketgan. Buning asosiy sabablari oldin bizda yangi kasallanish holatlari faqatgina asosan chet eldan qaytarilayotgan vatandoshlarimiz ichidan chiqqan bo‘lsa, hozirgi kunda teng yarmi aholi orasida aniqlanmoqda”, — deydi mutaxassis.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq o‘lim holatlari nega kechikib e’lon qilinayotganiga izoh berildi

Karantin choralari yumshatila boshlanganidan so‘ng kasallanish soni keskin ortishi choralar kuchaytirilishining yana bir sababi sifatida qayd etildi. Bugungi kunda koronavirusga yo‘naltirilgan shifoxonalarning jami 5 mingdan ortiq koyka-o‘rinlarida koronavirusga chalingan bemorlar davolanmoqda. Ayni raqam juda katta ekanligi, zararlanganlar sonini qisqartirish hamda kasallanish zanjirini hech bo‘lmaganda bir oyga uzish va tizimni qayta tiklash ham qat’iy karantin qaytishining sabablaridan biri sifatida ta’kidlandi.

Mavzuga doir: “O‘zbekistonda kuniga 1—1,5 mingta koronavirusga chalinish holati aniqlansa, sog‘liqni saqlash tizimimiz qulaydi” — Habibulla Oqilov

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 8-iyul kuni bo‘lib o‘tgan videoselektorda mamlakatdagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga to‘xtalib, joylarda belgilangan qoidalarga amal qilish borasida sustkashlikka yo‘l qo‘yilganini ta’kidlagandi hamda 10-iyuldan boshlab karantin cheklovlari kuchaytirilishi munosabati bilan viloyat rahbarlariga aholiga murojaat qilish bo‘yicha topshiriq bergandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-07-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют